Zariya Zakirova Buyurtma berish
«Siz yo‘q joyda sizga xiyonat qilishadi» kitobining muqovasi: bo‘sh oq stul va tutun ichidagi ikki siluet

Zariya Zakirova · yangi kitob

Siz yo‘q joyda sizga xiyonat qilishadi

Sizda siz bormisiz? Agar yo‘q bo‘lsa, unda kim?

Sevib boshlangan munosabat qanday qilib sovuqlik, janjal va xiyonatgacha yetib boradi? Zariya Zakirova shu jarayonni bosqichma-bosqich tahlil qiladi va o‘zingizga qaytish uchun amaliy mashqlar beradi.

89 000so‘m
Buyurtma berish

To‘lov oldindan: Click yoki Payme · Avval parcha o‘qing

  • 112 bet
  • 2 bob, 10 mavzu
  • Amaliy mashqlar
  • QR orqali video darslik
  • Kursga 89 000 so‘mlik kod

«EDUWORKS» nashriyoti, Toshkent, 2026 · ISBN 978-9910-09-945-8

Kitobning orqa muqovasidan

Bu voqealarni o‘qib, o‘zingizni ko‘rdingizmi?

Sevib turmush qurgandik, to‘ydan keyin umuman o‘zgardilar. E’tiborsiz, juda qo‘rs muomala qilardilar. Hozir meni tashlab ketib, boshqa ayolga uylandi.

Erim menga uylanmasidan avval juda e’tiborli edi, ko‘nglimga qarar edilar. Hozir avvalgi erimdan asar ham yo‘q. Ko‘p urishyapmiz. Yaqinda ko‘rib qoldim: bir qiz bilan ishqiy munosabati bor ekan.

Yoki ichingizdagi ovoz shunday deydimi?

  • Eshitilmaslik, ko‘rinmaslikdan charchadim.
  • Meni o‘ylashmasligidan, ko‘nglimga qaramasliklaridan charchadim.
  • Doim tanqid qilinishdan, «aqling kalta, gapirma, nimani ham bilasan» deyishlaridan charchadim.
  • Meni qadrsiz qilishlaridan charchadim.
Chegara qo‘yay desam xavotir, chegara qo‘ymay desam ruhiy charchoq. Kitobdan, 9-bet

1-bob

Sevgidan xiyonatgacha to‘rt bosqich

Xiyonat sabab ajrashgan ayollar birinchi marta buni taqdir deyishgan. Ikkinchi turmushida ham xiyonat takrorlanganda esa taqdir deya olishmadi va o‘zgarishga qaror qilishdi.

Yangi juftingiz sizga avvalgi juftingiz qanday munosabat ko‘rsatgan bo‘lsa, shunday munosabat ko‘rsatadi. Gap yangi juftingizda emas, gap sizning ichki holatingizda.

85-bet
  1. Eyforiya

    Boshida hammasi ideal ko‘rinadi: juftingizning kamchiliklarini sezmaysiz, «shu inson bilan yashay olamanmi?» degan savol xayolingizga ham kelmaydi. Odatda uch yil davom etadigan bu holat hozir ba’zilarda bir oyga ham bormaydi.

    15-bet
  2. Kutuvlar

    To‘ydan keyin kutganlaringiz amalga oshmaydi. Ko‘p ayollar istagini juftiga aytmaydi va uning o‘zi tushunishini kutadi.

    21-bet
  3. Norozilik

    Erkak sevgisini so‘z bilan emas, amal bilan ko‘rsatadi. Erkak va ayol miyasi boshqacha ishlashini bilmaslik ichingizda norozilik to‘playdi, kichik kelishmovchilik esa katta janjalga aylanadi.

    34-bet
  4. Qaramlik

    Uni yo‘qotish qo‘rquvi aytganini so‘zsiz bajarishga undaydi. Me’yoridan ortiq berilgan muhabbatni esa juftingiz ko‘tara olmaydi: uzoqlashadi, tashlab ketadi yoki xiyonat qiladi.

    44-bet

2-bob esa ildizga tushadi: nega munosabatda muvozanat saqlay olmaysiz, nega ab’yuz insonga duch kelasiz va bularning barchasi ortidagi aybdorlik hissi.

Kitobning asosiy tushunchasi

Ruh uyi

Har birimizning o‘z ruh uyimiz bor. Muammo o‘z uyimizni tashlab, juftimizning yoki yaqinlarimizning uyiga «ko‘chib o‘tganimizda» boshlanadi.

Ikki uy rasmi: «Sizning ruh uyingiz» va «Juftingizning ruh uyi»
1Har birimizning o‘z ruh uyimiz bor
Sizning uyingizdan juftingiz, ota-onangiz va dugonangiz bilan uchrashuvga yo‘llar chiqqan rasm: «Siz yaqin insonlaringiz bilan ruh uyingizdan tashqarida ko‘rishasiz!»
2Yaqinlar bilan uydan tashqarida ko‘rishamiz
Bo‘sh uydan juftingiz uyiga ko‘chish rasmi: «Juftingiz sizni uyidan ketkazishga harakat qiladi, sizdan qochadi. Chunki juftingiz siz bergan sevgi quvvatini ko‘tara olmaydi.»
3Juftingiz uyiga ko‘chib o‘tsangiz, u sizdan qochadi
Markazda «Siz» deb yozilgan uy, atrofida kelin, ota-ona, aka-uka, opa-singil, dugona va farzand: «Yaqinlaringizni hayotini o‘ylash bilan yashaysiz.»
4O‘z uyingizdan voz kechsangiz, boshqalarning hayoti bilan yashaysiz
Siz o‘z uyingizda, juftingiz va boshqalar mehmon bo‘lib kelayotgan rasm: «Endi juftingiz ham sizni uyingizda mehmon bo‘lishga qiziqib qoladi!»
5O‘z uyingizga qaytsangiz, juftingiz mehmon bo‘lishni istaydi

Rasmlarni yonga suring

O‘zining ruhiy uyidan voz kechib, boshqa bir insonning ruhiy uyiga «ijaraga chiqib», hech kim baxtli bo‘lmagan. Chunki ijarada turgan odam har doim bir joyda yashamaydi: uy egasi ijarachini istagan vaqtda uyidan chiqarib yuborishi mumkin.

51-bet

O‘zingizni unutmagan, ruhiy uyingizni tashlab ketmagan holda munosabatlaringizni davom ettirsangiz, juftingiz sizga qiziqadi, sizdan boshqa ayolga qiziqmaydi.

88-bet

Kitob nomi haqida

…Kimningdir hayoti bilan ovora bo‘lib, o‘zingizning ruhiy uyingizni tashlab ketganingizda, o‘zingizni juftingiz va yana kimlar uchundir bag‘ishlab yuborganingizda, aslida siz o‘zingizda emasligingizni angladingizmi? Sizda siz yo‘q ekanligini angladingizmi?

Zariya Zakirova, 82-bet
Siz yo‘q joyda sizga xiyonat qilishadi58

Kitobdan parcha

Haqiqatan bir tasavvur qilib ko‘ring: qurigan quduqqa qancha suv quysangiz ham, u quduqdan suv chiqmaydi! Quduqdan suv o‘zi chiqadi yoki bo‘lmasa qazilish natijasida suv chiqadi.

Xuddi shunday, sizning juftingiz ham qancha sizga «suv» quymasin, sizga u suv yetmaydi, nima qilsa ham doim undan kamchilik topasiz, rozi bo‘lmaysiz.

Agar siz o‘z ruhiy holatingiz bilan shug‘ullanib, ruhiy uyingizga qaytib, o‘zingizni ayblamasdan, qoralamasdan, kamsitmasdan seva olsangiz, bu orqali o‘z qudug‘ingizni qazasiz va yaratasiz. Sizning qudug‘ingiz suv bilan jonlanadi. Endi juftingizning sizga suv quyishi yoki quymasligi sizni xafa qilmaydi, chunki siz suv bilan to‘lasiz.

«Menga suv yetmayapti», deb o‘ylamaysiz. Siz endi sevgi bersangiz ham shartsiz seva olasiz, chunki «tugab qoladi, hech kimga keraksiz bo‘lib yo‘q bo‘lib ketaman» deb o‘ylamaysiz.

Davomi kitobda.

Buyurtma berish

Ruh va tana

Ichga yutilgan og‘riq tanada ham iz qoldiradi

Zariya kitobda ruhiy charchoq, aybdorlik va o‘zini kechira olmaslik munosabatga ham, sog‘liqqa ham ta’sir qilishini yozadi. Uning kuzatishicha, og‘riqni yillar davomida ichiga yutgan ayollarda keyinchalik kasalliklar ham paydo bo‘lgan.

O‘zingizni kechirishingiz sizni bosinqirash tushlaridan xalos qiladi. Ichki alam, nafrat, qo‘rquv hislaridan xalos bo‘lib, erkin bo‘lasiz, sizdagi migren kasalligi bezovta qilmay qo‘yadi.

77-bet

Agar siz o‘zingizni ayblab yashasangiz va o‘zingizni kechirmasangiz, sog‘lig‘ingizda jiddiy muammolar paydo bo‘ladi, munosabatlaringizdagi kelishmovchiliklar esa davom etaveradi.

106-bet

Kitob shifokor ko‘rigi va davolanish o‘rnini bosmaydi.

Mundarija

1-bob

  1. Munosabatda muvozanat o‘rnatilmaslik oqibatlari8
  2. 1-bosqich. Munosabat boshida eyforiyaga berilish15
  3. 2-bosqich. Kutuvlar nega amalga oshmaydi21
  4. 3-bosqich. Erkak miyasi farqli ekanini bilmaslik va to‘plangan norozilik34
  5. 4-bosqich. Qaramlik: juftingiz tashlab ketishi yoki xiyonat qilishi44
  6. Amaliy mashqlar77

2-bob

  1. Nega munosabatda muvozanat saqlay olmaysiz88
  2. Nega ab’yuz odamga uchrayman96
  3. Muammoning ildizi: aybdorlik hissi105
  4. Amaliy mashq107

Kitob ichida

Amaliy mashqlar

Har bir bob mashq bilan tugaydi, shuning uchun o‘qiganingizni darhol amalda sinab ko‘rasiz.

  • Ichki tozalanish, o‘zini kechirish

    Hammamizda yashirib qo‘ygan, o‘zimizni ayblab, kechira olmagan holatlarimiz bor. Bu mashq ularni qo‘yib yuborishga yordam beradi.

    77-bet
  • Hissiy bog‘liqlikdan uzilish

    Ajrashgan bo‘lsangiz-u, hali ham uni eslab siqilayotgan bo‘lsangiz. Meditatsiya bilan bajariladi.

    79-bet
  • «Qadrli o‘zim»

    Qila olgan 10 ta ishingiz va o‘zingizdan xursand bo‘lgan 10 ta holatni yozasiz. So‘ng maxsus matnni o‘z ovozingizda yozib olib, ertalab va uxlashdan oldin tinglaysiz.

    108-bet
  • Munosabatni yaxshilash texnikasi

    Har kuni juftingiz bilan o‘tgan yaxshi voqealarni eslab, o‘sha paytdagi hissiyotlarni qayta his qilasiz.

    109-bet

Bonus: video darslik va meditatsiyaKitobning 110-betidagi QR kodni skanerlang: Zariyaning video darsligi va meditatsiya amaliyoti ochiladi. Bu faqat kitob egalari uchun.

Kim uchun

Bu kitob sizga kerak, agar…

  • Turmushdan keyin juftingiz o‘zgarib qolgan bo‘lsa
  • Istagingizni aytmay, uning o‘zi tushunishini kutsangiz
  • Juftingizsiz o‘zingizni tasavvur qila olmasangiz
  • Chegara qo‘yishdan qo‘rqsangiz
  • Ajrashgan bo‘lsangiz-u, hali ham uni eslab siqilsangiz
  • Yangi munosabatda ham eski holat takrorlanayotgan bo‘lsa
Zariya Zakirova ish stolida

Muallif

Zariya Zakirova

Oilaviy munosabatlar bo‘yicha mutaxassis · 4 yillik tajriba

Men avvallari bu savolga javob topolmay qiynalardim: nega inson bir-birini sevsa, keyinchalik bu davom etmaydi? Nega erkak kishi o‘zgarib qoladi? … Erkak kishining ham, ayol kishining ham ruhiyatini ancha o‘rgandim. Oilali ayollarga darslar o‘tdim. Juda ko‘p ayollar bu mavzuda qiynalganini bilganim uchun kitob yozishga qaror qildim.

27–28-bet

Zariya ayollar bilan shaxsiy konsultatsiyalar va darslar olib boradi. Kitobdagi hayotiy misollar unga yozgan ayollarning savollaridan olingan.

Buyurtma

Kitobni buyurtma qiling

Siz yo‘q joyda sizga xiyonat qilishadi

Zariya Zakirova

  • Bosma kitob. 112 bet, 2 bob, 10 mavzu.
  • Amaliy mashqlar. O‘zini kechirish, hissiy bog‘liqlikdan uzilish, «Qadrli o‘zim» ovozli mashqi va munosabatni yaxshilash texnikasi.
  • Bonus: video darslik va meditatsiya. Kitob ichidagi QR kod orqali, faqat kitob egalari uchun.
  • Kitob puli kursda qaytadi. Har bir kitob bilan «Muhabbat bu — men!» kursiga 89 000 so‘mlik kod beriladi. Kursga yozilsangiz, kitob siz uchun bepul bo‘lib qoladi.
89 000so‘m

7 kunlik amaliyot bilan: 139 000 so‘m

To‘lov oldindan: Click yoki Payme. Kitob yetkazib beriladi, yetkazib berish alohida to‘lanadi.

  1. Formani to‘ldirib, Telegramda yuborasiz.
  2. Menejer to‘lov ma’lumotlarini yozadi.
  3. To‘lab, chekni menejerga yuborasiz.
  4. Kitob yetkazib beriladi, kurs kodi Telegramda keladi.

Buyurtma varaqasi

#K0000
Jami89 000 so‘m
Telegramda buyurtma berish

Telegram ochiladi va buyurtma matni tayyor turadi. Uni yuborsangiz, menejer to‘lov ma’lumotlarini yozadi.

Hali ikkilanyapsizmi?

Kitobning birinchi bobidan 13 bet Telegramda bepul. O‘qib ko‘ring, keyin qaror qilasiz.

Birinchi bobni bepul o‘qish

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bonus video darslikni qanday ko‘raman?

Kitobning 110-betida QR kod bor. Uni telefon kamerasi bilan skanerlasangiz, Zariyaning video darsligi va meditatsiya amaliyoti ochiladi.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

To‘lov oldindan, Click yoki Payme orqali. Buyurtmani Telegramda yuborganingizdan keyin menejer to‘lov ma’lumotlarini yozadi. To‘lab, chekni menejerga yuborasiz va kitob yetkazib beriladi.

Kursga 89 000 so‘mlik kod qanday ishlaydi?

Har bir kitob bilan «Muhabbat bu — men!» kursiga kod beriladi. Kodni menejer to‘lovdan keyin Telegramda yuboradi. Kursga yozilganingizda shu summa kurs narxidan ayiriladi.

7 kunlik amaliyot qanday o‘tadi?

Yopiq Telegram kanalda. 7 kun davomida har kuni Zariyaning qisqa audiosi va kitobdagi bitta mashq keladi. Oqimlar har oyning 1- va 15-sanasida boshlanadi, keyingisi: 1-noyabr.

Avval o‘qib ko‘rsam bo‘ladimi?

Ha. Kitobning birinchi bobidan 13 bet Telegramda bepul: birinchi bobni olish.

Kitob «hech kim kerak emas, faqat o‘zingizni o‘ylang» deb o‘rgatadimi?

Yo‘q. Zariya buni kitobda ochiq yozadi: «Men sizlarga hammadan o‘zingizni ustun qo‘ying demayapman». Kitob munosabatda o‘zingizni yo‘qotmasdan sevishni va muvozanatni saqlashni o‘rgatadi.

Turmushga chiqmagan bo‘lsam ham foydali bo‘ladimi?

Ha. Kitob munosabatning eng boshidan, eyforiya bosqichidan boshlanadi. Juft tanlashdan oldin o‘qisangiz, ko‘p xatolarni oldindan ko‘rasiz.

Sovg‘a qilsam yoki bir nechta nusxa olsam bo‘ladimi?

Ha. Formada nusxalar sonini belgilang, izohda kimga va qaysi manzilga yuborishni yozing.

Kitob qaysi tilda?

O‘zbek tilida, lotin yozuvida.

Kitob narxi89 000 so‘m
Buyurtma berish